Welcome to Ўзбекистон Тадбиркорлик, бизнес ва хизмат кўрсатиш соҳалари ходимлари касаба уюшмаси   Click to listen highlighted text! Welcome to Ўзбекистон Тадбиркорлик, бизнес ва хизмат кўрсатиш соҳалари ходимлари касаба уюшмаси
Ўзбекистон Тадбиркорлик, бизнес ва хизмат кўрсатиш соҳалари ходимлари касаба уюшмаси

Ish joyidagi mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil
17-oktabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylar bilan uchrashuvida mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish joylarida baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda kasb kasalliklari profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar birlashgan qo`mitasiga a’zo tashkilotlar mutaxassislari uchun 2026-yil 4-fevral kuni amaliy seminarlar tashkil etildi.

Seminarlar ochiq muloqot va munozaralarga boy tarzda tashkil etildi. Ishtirokchilar mehnat muhofazasi, xavfsizlik talablarini amaliy qo‘llash, profilaktik choralarni kuchaytirish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Tadbir mehnat xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish va sohada samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!