Welcome to   Click to listen highlighted text! Welcome to

“Bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak vatanmiz”

O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati birlashgan qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlar o‘rtasida “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz  – birlashsak vatanmiz” shiori ostida “Zakovat” intelektual o`yini bo‘lib o‘tdi.

Tadbirida ishtirok etgan O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi B.Aliyev tadbirni ochib berdi hamda barcha jamoalarga omad tiladi.

Zakovat intelektual o‘yinida jami 5 ta jamoa,  “Ifron”, “To‘maris”, “Zukkolar”, “Samarqand”, “Al Xorazmiy izdoshlari” jamoalar ishtirok etdi.
Qiziqarli o‘tgan bellashuvda 1-o‘rin “Samarqand”, 2-o‘rin “Ifron”, 3-o‘rin “Al-Xorazmiy izdoshlari” jamoalariga nasib etdi.

Faxirli o‘rinni egallagan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!